Allamjonov va Mirziyoyeva AQSH elchisidan nima so‘radi?
Jamiyat
−
14 mart 2023
12996AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston rasmiylariga YouTube kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazishga yordam beradi. Bu haqda elchining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov va Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha mudiri Saida Mirziyoyeva bilan o‘tkazgan uchrashuvida so‘z borgan.
“Uchrashuvda ko‘plab loyihalar yuzasidan fikr almashdik. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qildik”, deydi Komil Allamjonov o‘zining Telegram-kanalida.
Allamjonovning ma’lum qilishicha, unga ko‘plab blogerlardan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shu bois uchrashuvda AQSH elchisi bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib olingan.
LiveBarchasi