Allamjonov va Komilov Londonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 9-12 iyul kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida OAV erkinligi bo‘yicha birinchi global konferensiya bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Kecha, 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov ham bor. 

O‘zbekiston delegatsiyasi allaqachon Londonga yetib olgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Buyuk Britaniya rasmiy shaxslari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Komiljon Allamjonov

Baholaganlar

28

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made