Allamjonov Saida Mirziyoyevaga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
23 iyun 13059 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Ismoilovich Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni QALAMPIR.UZ manbasi tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi 2018 yil 26 avgustda tashkil etilgan bo‘lib, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov, 2022-2023 yillarda Sardor Umrzoqov rahbarlik qilgandi. 2023 yilda esa ushbu lavozim tugatilgan.
Ma’lumot uchun, Komil Allamjonov mamlakat siyosiy doirasidagi eng yosh amaldorlardan biri edi. U 1984 yilning 18 sentyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Ilk faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi – “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion ko‘rsatuvida boshlagan.
Uning nazarga tushishi 2005-2013 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlagan davri bilan bog‘liq. Allamjonov 2017 yilning 1 dekabridan 2018 yilning 3 oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.
2018 yilning 29 noyabr kuni u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. 2020 yilning yanvar oyida ushbu lavozimni tark etdi va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi bo‘ldi. 2022 yil iyulda esa Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 2023 yil avgust oyida esa u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga tayinlangandi.
2024 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgandi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgandi. https://qalampir.uz/news/komil-allamzhonov-lavozimidan-ozod-etildi-107678 U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgandi. https://qalampir.uz/news/komil-allamzhonov-faoliyatini-khususiy-sektorda-davom-ettiradi-video-107686
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilgandi hamda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilingandi. Qolaversa, Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi