Allamjonov: Ayrim OAV jurnalistik etika normalarini buzmoqda
Jamiyat
−
28 may 2019
4862Avvalroq, bugun, 28 may kuni Toshkentdagi “Hyatt ragency Tashkent” mehmonxonasida "OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika konferensiyasi o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov nutq so‘zladi.
Allamjonov o‘z nutqida малакатда ham xorijiy, ham mahalliy oav xodimlariga katta imkoniyatlar yaratilayotganiga қараmay ba’zi xorijiy OAVning jurnalistik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat tarzlarini qoraladi.
"Mamlakatimizda OAV xodimlarining erkin faoliyati uchun barcha imkoniyatlar yaratilyapti. Lekin шунга qaramasdan ayrim OAV jurnalistik etikaning qabul qilingan normalariga zid ravishda faoliyat yuritmoqda. Agentlik tomonidan бундай chiqishlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmoqda. Biz ochiq muloqot, axborot to‘g‘ri va xolis tarqatilishi tarafdorimiz. Boshqalardan ham shuni talab qilamiz va so‘raymiz", dedi Komil Alamjonov.
Agentlik direktori so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston matbuot va so‘z erkinligi davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganini aytarkan, buning namunasi sifatida "Amerika ovozi", BBC, Фергана kabi ko‘plab xalqaro OAVga qo‘yilgan taqiqlar olib tashlanganini qayd этди.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mamlakatda barcha xalqaro ommaviy axborot vositalariga nisbatan olib tashlangan to‘siqlar bir qancha noxolis va yolg‘on axborotlari sabab "Ozodlik" radiosiga nisbatan saqlanib qolmoqda.
LiveBarchasi