Alkogolli ichimliklar narxi oshirildi
Jamiyat
−
03 dekabr 2021
11120O‘zbekistonda 1 dekabrdan alkogol mahsulotlarining narxi oshirildi. Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar quyidagicha etib belgilandi:
1. Sharob (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda)
Ishlab chiqarish korxonalarining eng kam ulgurji sotish narxi: 12 000 so‘m (11 200 so‘m edi).
Minimal chakana narxi: 14 200 so‘m (13 200 so‘m edi).
2. Konyak (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda)
Ishlab chiqarish korxonalarining eng kam ulgurji narxi: 48200 so‘m (41200 so‘m edi).
Minimal chakana narxi: 57 800 so‘m (49 400 so‘m edi).
3. Aroq va boshqa alkogolli ichimliklar (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda)
Ishlab chiqarish korxonalarining eng kam ulgurji narxi: 30 200 so‘m (28 600 so‘m).
Minimal chakana narxi: 36 200 so‘m (34 400 so‘m edi).
Qaror 2021 yil 1 dekabrdan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, alkogolli ichimliklarning narxi so‘nggi bor joriy yilning bahorida oshirilgandi.
LiveBarchasi