Alkogolli ichimliklar narxi oshirildi
Jamiyat
−
03 dekabr 2021 12783 1 daqiqa
O‘zbekistonda 1 dekabrdan alkogol mahsulotlarining narxi oshirildi. Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar quyidagicha etib belgilandi:
1. Sharob (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda)
Ishlab chiqarish korxonalarining eng kam ulgurji sotish narxi: 12 000 so‘m (11 200 so‘m edi).
Minimal chakana narxi: 14 200 so‘m (13 200 so‘m edi).
2. Konyak (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda)
Ishlab chiqarish korxonalarining eng kam ulgurji narxi: 48200 so‘m (41200 so‘m edi).
Minimal chakana narxi: 57 800 so‘m (49 400 so‘m edi).
3. Aroq va boshqa alkogolli ichimliklar (1 litr tayyor mahsulot uchun so‘mda)
Ishlab chiqarish korxonalarining eng kam ulgurji narxi: 30 200 so‘m (28 600 so‘m).
Minimal chakana narxi: 36 200 so‘m (34 400 so‘m edi).
Qaror 2021 yil 1 dekabrdan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, alkogolli ichimliklarning narxi so‘nggi bor joriy yilning bahorida oshirilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr