Alkogol iste’moli bo‘yicha dunyo reytingi e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Bu qiziq
−
05 iyul 2023
39388AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) aholi jon boshiga spirtli ichimliklar iste’moli bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat tashkilot saytida chop etildi.
Reytingni tuzishda dunyoning 189 ta davlatida 2019 yildagi alkogolli ichimliklar iste’moli bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilingan. MRB spirtli ichimliklar savdosi cheklangan islomiy davlatlar — Somali, Saudiya Arabistoni, Mavritaniya, Quvayt va Bangladeshni alkogoldan xoli deb hisoblagan.
O‘zbekiston esa alkogol iste’moli bo‘yicha 189 ta mamlakat ichida 124-o‘rinda qayd etilgan. Bunda aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 2,45 litr alkogol to‘g‘ri keladi.
Birinchi o‘rinni esa Kuk orollari egallagan. Bu yerda aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 12,97 litr alkogol ichiladi. Dastlabki o‘nlikka Latviya (12,90 litr), Chexiya (12,73 litr), Litva (11,93 litr), Avstriya (11,90 litr), Antigua va Barbuda (11,88 litr) Estoniya (11,65 litr), Fransiya (11,44 litr), Bolgariya (11,18 litr) Sloveniya (11,05 litr) davlatlari kirgan.
Shuningdek, AQSH aholisi yiliga o‘rtacha 8,93 litr alkogol iste’mol qilish darajasi bilan 35-o‘rinni egallagan, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 7,29 litrga teng (56-o‘rin).
Reytingda Qozog‘iston 3,73 litr alkogol iste’moli bilan 100-o‘rin, Belarus 18-o‘rin (10,57 litr), Qirg‘izistonda 96-o‘rin (4,02 litr), Ozarboyjon 142-o‘rin (1,38 litr), Tojikiston 156-o‘rin (0,85 litr), Turkmaniston 117-o‘rin (2,88 litr)da qayd etilgan.
LiveBarchasi