Aliyev Shushani Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qildi
Olam
−
07 may 2021
5458Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahrini Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Bundan maqsad Shusha shahrining tarixiy qiyofasini, uning avvalgi shon-sharafini tiklash, an’anaviy boy madaniy hayot bilan birlashish, shuningdek, shaharni asrlar osha Ozarbayjonning boy madaniyati, me’morchiligi va shaharsozligi durdonasi sifatida xalqaro maydonda targ‘ib qilish ekani ta’kidlangan.
Shusha shahri 1992 yil 8 mayda Armaniston qurolli tuzilmalari tomonidan bosib olingandi. Shahar Ozarbayjon tarixi va madaniyatining ramzi, Respublikaning Tog‘li Qorabog‘ mintaqasidagi eng katta shahar Xankendiga boradigan yo‘lda joylashgan strategik muhim nuqta hisoblanadi.
Shu bilan birga, joylashuvi sababli, Shusha ustidan nazorat Qorabog‘ning muhim qismini boshqarish imkoniyatini beradi.
Ozarbayjon Prezidenti “Qorabog‘ marvaridi”ni Armaniston Qurolli Kuchlari qismlaridan 2020 yil 8 noyabrda ozod qilish to‘g‘risida e’lon qildi.
Joriy yilning 5 yanvar kuni Aliyev Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi haqida so‘z ochgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilhom Aliyev, Birinchi xonim Mehribon Aliyeva va ularning qizi Leyla Aliyeva Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Jebrayil va Zangilon viloyatlariga tashrif buyurgandi.
LiveBarchasi