Aliyev Qorabog‘ masalasida qo‘llayotgani uchun Erdo‘g‘anga rahmat aytdi
Olam
−
20 Sentabr 2023 2589 2 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi umumiy siyosiy bahslarda so‘zlagan nutqida turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga mamlakatini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Aziz birodarim, Ozarbayjonni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqingiz chog‘ida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Har doimgidek, qardosh Turkiya bugun ham Ozarbayjonning yonida va adolatli harakatimizda bizni qo‘llab-quvvatlamoqda”, deb yozadi Aliyev.
Uning qayd etishicha, ikki mamlakat ham xalqaro tashkilotlarda hamisha bir-birining adolatli pozitsiyasini himoya qiladi. Shusha deklaratsiyasi bilan munosabatlar strategik ittifoq darajasiga ko‘tarilgan.
19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi umumiy siyosiy bahslarida nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an Qorabog‘ Ozarbayjon hududi ekanligini va Anqara unga boshqa maqom berilishini qabul qilmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. Baku tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligini ta’kidlagandi. Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilgan. Majlisdan so‘ng, Pashinyan Armaniston Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnashishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr