Aliyev Erdo‘g‘an bilan Sochidagi uchrashuvni muhokama qildi
Olam
−
11 noyabr 2022
2990Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlari Ilhom Aliyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 10 noyabr kuni Samarqandda uchrashib, joriy yilning 31 oktyabr kuni Sochida o‘tgan uch tomonlama (Vladimir Putin, Ilhom Aliyev, Nikol Pashinyan) uchrashuv yakunlari va mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar. Bu haqda Ozarbayjon rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.
“10 noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga asoslangan do‘stlik va qardoshlik aloqalari barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlanib, mintaqadagi vaziyat va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi, Sochi uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
31 oktyabr kuni Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirokida Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida uch davlat rahbarlari qo‘shma bayonotni imzoladilar, unda boshqa narsalar qatorida Rossiya Federatsiyasining vositachilik roli va Rossiya tinchlikparvar kontingentining mintaqada tinchlikni saqlashga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlanadi.