Aliyev BAAda Pashinyan bilan uchrashadi

Olam

image

Bugun, 9 iyul kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) ishchi tashrif bilan jo‘nab ketdi. Ertaga, 10 iyul kuni u Abu-Dabida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik bitimi masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Pashinyan Aliyev bilan uchrashuvi oldidan BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazadi. Armaniston Bosh vaziri va Ozarbayjon Prezidentining bo‘lajak uchrashuvi haqida Ozarbayjon OAVlari ham xabar bermoqda.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasining barcha 15 moddasi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Yerevan hujjatni imzolash joyi va sanasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan, biroq Baku bunga ikki shart qo‘ygan: 2022 yildan beri faoliyati to‘xtatilgan YXHT Minsk guruhining tugatilishi va Armaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi (undagi Tog‘li Qorabog‘ haqidagi Deklaratsiyaga ishora sababli).

Armanistonning 24News nashri manbalariga ko‘ra, tinchlik bitimi AQSHda (sentyabrda) yoki BAAda (dekabrda) imzolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing