Alisher Usmonovga aloqador kompaniya “Kapitalbank”ning yarmiga ega chiqdi

Jamiyat

image

"Finance TCI" MCHJ "Kapitalbank" ATBning majoritar aksiyadoriga aylandi. Bu haqda bank tomonidan Yagona korporativ axborot portalida ma’lumot qoldirilgan. 

Finance TCI 2022 yil 28 dekabrda birja savdolarida bank ustav kapitalining 50 foizini tashkil qiluvchi 214,4 mln dona oddiy aksiyasini sotib olgan edi. Bitim 786,89 mlrd so‘mga imzolangan va bir dona aksiyaning narxi 3670 so‘mdan hisoblangan.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, "Kapitalbank"ning 50 foiz aksiyasi bir marta bitim tuzish orqali sotilgan. Ushbu miqdordagi aksiyalar Rossiyaning Telekominvest shirkatiga tegishli. Bitim natijasida rus shirkati bank aksiyadorlari safidan chiqqan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “Bankers.uz”.

Hozirda Finance TCI bankning 61,54 foiz aksiyalarini nazorat qilmoqda.

2022 yil yanvarida o‘sha paytda Alisher Usmonovning USM xoldingi tuzilmalariga tegishli bo‘lgan kompaniya bankning 8,33 foiz ulushiga ega bo‘ldi. USM'ning sho‘’ba korxonasi Telekominvest 2021 yilning kuzida bank aksiyadoriga aylandi, keyin esa o‘z ulushini kengaytirdi.

Yanvar oyi oxiriga kelib Usmonovga aloqador kompaniyalar "Kapitalbank"ning 58,33 foizini nazorat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

2

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing