Alisher Usmonov peterburglik bemor bola uchun 115 mln xayriya qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yoshovchi Kostya Gepalovning davolanishi uchun dunyodagi eng qimmat dorini sotib olishi uchun 115 million rubl xayriya qildi.

Bolaning davolanishi uchun pul yig‘ilayotgan bo‘lgan. Bu pulga “Zolgensma” preparatini xarid qilish rejalashtirilgan.

USM Holdings asoschis dori uchun 115 million rubl xayriya qilgan. Jami 169 million rubl yig‘ilgan.

Rossiyada “Zolgensma” preparatini faqatgina Moskvadagi klinikada joylashtira olishadi. Agar bemor bola u klinikaga joylasha olmasa, amerikalik mutaxassislarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Kostya Gepalovga birinchi toifali umurtqa mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan. Bu asos neyronlarning ishlashiga javobgar genlarning zarar ko‘rgani yoki umuman yo‘qligini anglatadi. Bolaning ota-onasi AQSHda 2019 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Zolgensma” preparatiga umid bog‘lagan. Bu dunyodagi eng qimmat dori ekani aytilmoqda (2 mln dollardan qimmat). Birgina doza bilan zararlangan genni tiklash mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing