Alisher Usmonov pensiyaga chiqishini aytdi

Olam

image

Rossiyalik oligarx Alisher Usmonov o‘zini Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi boshqaruv byurosidan chiqarib yuborishni so‘radi. Bu haqda RBK o‘zining manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirkor o‘z arizasida bunga “pensiyaga chiqishi va faol mehnatdan voz kechishi”ni sabab qilib ko‘rsatgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonovning arizasini ko‘rib chiqadigan boshqaruv byurosining yig‘ilishi joriy yilning 25 yanvariga rejalashtirilgan.

Usmonovning Forbes jurnaliga bergan intervyusida u 63 yoshga kelib, albatta, pensiyaga chiqishini va xayriya ishlarini olib borishini aytgan edi. Biroq hozir u 69 yoshda va haligacha pensiyaga chiqmagan.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov “Metalloinvest”, “Udokan mis” va “Megafon”ni o‘z ichiga olgan USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiyaning eng boy milliarderlari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi. Uning boyligini jurnal 11,5 milliard dollarga baholamoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Alisher Usmonov pensiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing