Alisher Usmonov nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi
Olam
−
02 dekabr 2022
13375Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil metsenati” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hay’ati tadbirkorning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, rus tilini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etgan. Bu haqda “Lenta” nashri xabar berdi.
Mukofot uchun taqdimnomada Alisher Usmonovning 2006 yilda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani va jamg‘armaning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi etirof etilgan. Shuningdek, jamg‘arma Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash hissa qo‘shayotgani ta’kidlangan.
Alisher Usmonovning o‘zi mukofotning topshirilishida ishtirok etmagan. Mukofotni “San’at, fan, sport” jamg‘armasi direktori Fotima Muhammadjon qabul qilib olgan.
Ma’lumot uchun, Russian Creative Awards 10 ta toifa bo‘yicha, jumladan, “Yil odami”, “Yil kashfiyoti”, “Yil voqeasi”, “Yilning ijodiy maydoni”, “Raqamli loyiha”, “O‘quv loyihasi” va boshqa yo‘nalishlarda topshiriladi.
LiveBarchasi