Alisher Usmonov xalqaro tashkilot prezidentligiga nomzod bo‘ldi

Sport

image

Joriy yil Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) hisobot-saylov Kongressi tashkil etiladi. Unda tashkilot rahbariyatiga saylov o‘tkaziladi.

Rossiya qilichbozlik federatsiyasi mazkur saylovga mamlakat nomidan FIE’ning amaldagi rahbari, rossiyalik metsenat Alisher Usmonovning nomzodini ilgari surdi. Shu tariqa, 27 noyabr kuni Shveysariyada o‘tkaziladigan FIE’ning Kongressida Usmonov nomzodi ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘tgan Osiyo, Panamerika va Afrika qilichbozlik konfederatsiyalarining kongressida har uch mintaqa Alisher Usmonovga bo‘lajak saylovda uni qo‘llab-quvvatlashini bildiruvchi xat yo‘llagan.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2008 yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelmoqda. U FIE’ga 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing