Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 mln dollar ajratdi
Jamiyat
−
31 mart 2020
13548Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 mln dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatdi. Usmonov pullarni “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi hisobiga o‘tkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mablag‘ koronavirusga qarshi kurashish uchun qurilayotgan tibbiyot muassasalarini zarur tibbiyot jihozlari bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Avvalroq, Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda yashashi va o‘zini izolyatsiya qilishi haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, koronavirusga qarshi kurashish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 3 ta shifoxona qurish ishlari boshlab yuborilgan. Yuqorichirchiqda qurilishi boshlangan karantin zonasiga nazoratdagi fuqarolarni joylashtirish ham boshlab yuborilgan.
LiveBarchasi