Alisher Usmonov karantinni Toshkentda o‘tkazadi

Jamiyat

image
Toshkentda birinchi bo‘lib mini yubka kiyganman – Alisher Usmonovning rafiqasi bilan intervyu north_east

Toshkentda birinchi bo‘lib mini yubka kiyganman – Alisher Usmonovning rafiqasi bilan intervyu

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentga ko‘chib keladi. Bu haqda u Forbes`ga xabar bergan.

“Koronavirus pandemiyasi biznesga ham, jahon iqtisodiyoftiga ham ta’sir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balki majburiyatlari ham bor. Ular uchun virusning o‘zi ham, bozorlarni silkitib yuborgan axborot to‘lqini ham xavfli.

Pandemiya qarshisida hamma teng, Xudo saqlasin. Hozir eng muhimi – odamlar salomatligi va baxti uchun dunyo davlatlari rahbarlari iroda ko‘rsatib, geosiyosiy ziddiyatlarga qaramay, global xavf qarshisida birlashishlari lozim.

Menga kelsak, men xavf ostida bo‘lganim uchun o‘zimning tarixiy vatanim – Toshkent shahrida o‘z-o‘zimni izolyatsiya qildim, deydi Usmonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmonovning boyliklari kimga qolishi, uning Putin bilan aloqalari haqidagi intervyuni e’lon qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Usmonov

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing