Alisher Usmonov Buyuk Britaniya boylari reytingida yuqoriladi
Olam
−
21 may 2021
25584USM Holdings asosichisi Alisher Usmonov “The Times” nashri versiyasiga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari reytingida 6-o‘rinni egalladi.
Nashr Usmonovning boyligini 13,4 mlrd funtga baholagan. 2020 yilda tadbirkor Britaniya boylari orasida yettinchi, 2019 yilda esa sakkizinchi bo‘lgandi.
“The Times” Usmonovni so‘nggi 20 yildagi eng saxiy milliarderdan biri deb topgan. U 4,2 mlrd funtni xayriyaga sarflagan.
Alisher Usmonov eng ko‘p yordamni O‘zbekiston va Rossiyaga ko‘rsatadi. Ammo o‘tgan yili milliarder Olimpiya manifestini sotib olishga 8,8 mln dollar sarflab, keyinroq uni Shveysariyadagi Olimpiya muzeyiga sovg‘a qilgan.
Britaniya boylari reytingida 1-o‘rinni 23 mlrd funt boylik bilan Ser Leonard Blavatnik egallagan. Undan keyin 21,4 mlrd funt bilan David va Simon Ruben (2-o‘rin) hamda 17 mlrd funt boylik bilan Shri va Gopi Xinduji (3-o‘rin) joy olgan.