Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlaridan biri deb topildi

Olam

image

Tadbirkor va milliarder Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari o‘nligiga kirdi. Bu haqda "Sunday Times" nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovning boyligi 11,68 milliard funtga (14,16 milliard dollar) baholanmoqda. Bu esa unga Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari reytingida yettinchi o‘rinni egallashga imkon berdi.

Ro‘yxatning dastlabki 20 taligida yana ikki rossiyalik joy oldi. Mixail Fridman 10,23 milliard funt (12,4 milliard dollar) bilan 11 o‘rinda bo‘lsa, Roman Abramovich 10,16 milliard funt (12,31 milliard dollar) bilan 12 o‘rinda qayd etilgan.

16,2 milliard funt (19,64 milliard dollar) bilan “Dyson Ltd“ asoschisi Jeyms Dayson Buyuk Britaniyadagi eng boy odam deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

554

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing