Alisher Usmonov 131 yillik qimmatbaho qo‘lyozmani XOQ muzeyiga topshirdi
Sport
−
12 fevral 2020
7377Bir necha oy muqaddam AQSHdagi kimoshdi savdolarining birida zamonaviy Olimpiya o‘yinlarinin asoschisi Per de Kubertenga tegishli qo‘lyozmalar noma’lum shaxs tomonidan rekord summada sotib olingan edi. Oradan vaqt o‘tib, qo‘lyozmalar rossiyalik taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov tomonidan xarid qilgani ma’lum bo‘ldi.
Alisher Usmonova mazkur bitiklarni Lozannadagi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi muzeyiga topshirdi va uni tashkilot rahbari Tomas Bax qabul qilib oldi.
Mazkur qo‘lyozma 14 varaqdan iborat bo‘lib, zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi – baron Per de Kuberten tomonidan 1889 yil siyoh bilan qo‘lda yozilgan va 1892 yil ilk bor ommaga o‘qib-eshittirgan.
“Bugun barchamiz tarixga guvoh bo‘ldik. Bir tomondan, tarixiy hujjatni, zamonaviy Olimpiya harakati asosi bo‘lgan nutq matnini ko‘ramiz. Ikkinchi tomondan, qo‘lyozmalar o‘zining asl joyi, Olimpiya uyiga yetib kelishidek muhim voqelikka shohidmiz. Sizning himmatingiz imkonsiz narsaning ro‘yosini ko‘rsatib turibdi. Bunday yordamingiz bilan o‘z tariximiz va asoschimiz belgilab bergan yo‘nalish bo‘yicha yurish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, degan Tomas Bax.
Alisher Usmonov ham tarixiy hujjatlarning asl joyiga yetib borgani quyidagicha fikr bildirgan.
“Ushbu matn zamonaviy Olimpiya harakatining manifesti. Per de Kuberten dunyoni birlashgan sport musobaqalari bilan ko‘rdi va ziddiyat, urushlarga aralashmadi. Ishonchim komilki, Olimpiya muzeyi bu bebaho hujjatni saqlash uchun eng yaxshi joy”.
LiveBarchasi