“Arqadag‘”dan jiddiy qarorlar: Turkmanistonda qator amaldorlar lavozimidan bo‘shatildi

Olam

Kecha, 3 iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi, unda hukumtning 6 oylik faoliyati sarhisob qilindi. Majlisda vazirliklar va idoralar, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, Ashxobod va viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar bermoqda.

Yig‘ilishda joriy yilning olti oyi davomida milliy iqtisodiy kompleks tarmoqlarini rivojlantirish yakunlari sarhisob qilindi. Tegishli hisobotlar tinglandi va bajarilgan ishlar baholandi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdagi yutuqlar muhokama qilindi, yilning ikkinchi yarmidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va kadrlar masalasi ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari asosiy masalalarga to‘xtalib, Bahorgul Aбдиеvaни boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etdi.

Prezident Marv viloyati hokimi Mehrijamol Mамедоvaни vazifasidan ozod qilib, uni hukumatda madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatini nazorat qiluvchi bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi.

Shundan so‘ng davlat rahbari A. Aтабаеvaни Marv viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi va uni ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi.

Nurmamet Garlev ishdagi jiddiy kamchiliklar uchun Davlat televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan bo‘shatildi. Turkmaniston Prezidenti Arslon Aшировни ushbu lavozimga tayinladi va uni Davlat axborot agentligi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga daromadlarni ko‘paytirish va xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar va mamlakatning joriy yilgi asosiy moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari Moliya va Iqtisodiyot vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqining xalqaro texnik yordam bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchisi va Turkmaniston hukumatidan Jahon bankining Turkmaniston bo‘yicha menejeri Azizgeldi Annamuhammedov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan bo‘shatilganini e’lon qildi.

Moliya va iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan M. Сердаровни Azizgeldi Annamuhammedovning o‘rniga tayinladi.

Turkmaniston Prezidenti bir qator shaxsiy qarorlarni e’lon qildi. Ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun Murod Archayev "Turkmengaz" davlat konserni raisi lavozimidan ozod etildi. Prezident B. Aмановни davlat konserni rahbari etib tayinladi.

Shuningdek, sport va yoshlar siyosati vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Gulmurod Og‘amurodov vazirlikka rahbar etib tayinlangan.

Bundan tashqari, Orazgeldi Gurbanov ta’lim vaziri etib tayinlangan. 

Berdimuhamedov birinchi yarim yillikdagi natijalardan qoniqish his qilganini bildirdi hamda rahbarlarga yig‘ilishlar o‘tkazishni va yaqin kunlardagi ish natijalarini muhokama qilishni buyurdi.

"Viloyat hokimlaridan tashqari, barcha hukumat vakillariga 7 iyuldan 6 avgustgacha ta’til beriladi", dedi u.

U mamlakat agrosanoat kompleksi rahbarlariga paxta yig‘im-terimiga hozirlik ko‘rilayotgani sababli, dam olishlari masalasini o‘zlari hal qilishlarini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing