Alisher Usmonov homiyligida kapital remontdan chiqarilayotgan maktab qachon tayyor bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 19 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida, vazir milliarder Alisher Usmonov to‘liq kapital remont qilinayotgan Toshkent shahridagi 110 maktab qachon to‘liq ta’mirdan chiqishini ma’lum qildi.

Shermatovning aytishicha, ayni paytda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Maktab 2020 yilning yanvar oyida kapital remont tugatilib, tayyor holatda bo‘ladi.

“Hamyurtimiz Alisher Usmonov 110 maktabni to‘liq kapital ta’mirdan chiqarib, zamonaviy maktab darajasiga olib chiqish taklifi bilan chiqdi. Qani endi bizda mana shunaqa boylar ko‘p bo‘lsa-yu, ko‘proq maktablarimiz zamonaviy ko‘rinish hosil qilsa”, deb aytib o‘tdi Sherzod Shermatov.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Sherzod Shermatov 110 maktab

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing