Alisher Sultonov Bosh vazirning maslahatchisi bo‘ldi
Jamiyat
−
18 fevral 2019 9391 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Alisher Saidabbosovich Sultonovga Bosh vazirning Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajarish ham yuklandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Alisher Sultonov joriy yilning 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga binoan Energetika vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sultonov 2018 yilning 12 sentyabriga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi, 2018 yilning 26 dekabriga qadar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimlarida ham ishlagan.
Live
Barchasi