Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Sport

image

Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2021 yilning boshidan shu vaqtga qadar shaxmat federatsiyasiga Turizm va madaniy meros (sobiq Turizm va sport) vaziri Aziz Abduhakimov rahbarlik qilayotgandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Sa’dullayev 1994 yil 11 iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. 2017 yil iyul oyidan 2018 yil oktyabr oyigacha Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018 yil 27 oktyabrdan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, 2020 yil 17 yanvarida Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni bilan Alisher Sa’dullayev senator etib tayinlangan va mamlakat tarixidagi eng yosh Senat a’zosiga aylangangan. 2020 yilning iyul oyida Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Sa'dullaev shaxmat federatsiyasi raisi

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing