Alisher Navoiy haykali oldida yana haqoratomuz harakat sodir etildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida noma’lum yigit Alisher Navoiy haykali oldida nojo‘ya harakat sodir etgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda yigit haykalga tupurganini ko‘rish mumkin. Vaziyatga viloyat ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “A.Navoiy” nomidagi istirohat bog‘ida mayda bezorilik sodir qilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni huddi shu joyda boshqa bir yigit shunga o‘xshash haqoratomuz harakat sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda taqralgandi. U yigit 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangandi. Shuningdek, yigitga Navoiy asari sovg‘a qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Navoiy

Baholaganlar

1641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing