Alisher Qodirov O‘zbekistonga Ukraina taqdirini eslatgan rus senatoriga javob qaytardi
Jamiyat
−
27 Sentabr
23613Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiya kengashi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Andrey Klimovning “Lenta.ru”ga bergan intervyusida o‘ziga qarata ayiltgan gaplarga javob qaytardi.
Avvalroq, senator Andrey Klimov O‘zbekiston parlamenti spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning Rossiyaga “o‘z ichki ishlari bilan shug‘ullanish” chaqirig‘iga “javoban” Ukrainaga sha’ma qilib, mamlakat taqdirini eslatgan edi.
“Ukraina misolida qo‘rqitish Keosyanda rangliroq chiqayotgandi, hamma ishni ustalari qilgani ma’qul”, deydi uz o‘z Telegram-kanalida e’lon qilgan postida.
Shuningdek, u ko‘proq Rossiya kabi bozordan ayrilib qolishdan qo‘rqishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Tigran Keosayan “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi, RT telekanali va “Sputnik” axborot agentligining bosh muharriri Margarita Simonyanning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Yuqoridagi ommaviy axborot vositalari Rossiya asosiy propoganda mashinasi hisoblanadi.
2022 yilning aprel oyida Keosayanning YouTube’dagi kanalida uning qozog‘istonliklarni noshukrlikda ayblab, Ukrainadagi ahvoldan xulosa chiqarishga chaqirgan haqoratli videosi paydo bo‘lgan.
Shu yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada va bir qator boshqa mamlakatlar Keosayanga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etgan. 2022 yil iyun oyida Qozog‘iston TIV Keosayanni “noxush shaxslar” ro‘yxatiga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov ham rossiyalik senatorning Ukraina taqdirini eslatuvchi sha’masiga javob qaytarib, Andrey Klimovga kompas olib, sha’malari bilan to‘rt tomonga yo‘l olishi mumkinlini aytgan edi.
LiveBarchasi