Alisher Qodirov retseptsiz dori savdosi uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Alisher Qodirov mamlakatda juda katta farmatsevtika biznesi borligini, uning hisobiga pul ishlashishini qayd etgan va odamlarning salomatligi esa birinchi darajali masala emasligi, asosiysi – dori sotish ekanini tanqid qilgan.

“Agar qandli diabet bilan og‘rigan odamda hech bo‘lmaganda bitta yara paydo bo‘lsa, u qattiq azob chekadi. Mana shunday bir bemorni davolash uchun unga 5-6 mln so‘mlik dori-darmon yoziladi. Buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz: viloyatlardan odamlar kelib, ularga dori-darmon yozib berishadi, shundan so‘ng ular bu qandli diabet bilan birga o‘lishga ham tayyor. Bu 5 mln so‘mlik dorilar tarkibiga nimalar kirishini ko‘rsangiz, BADlar – biologik faol qo‘shimchalar bo‘lib chiqadi. BADlarning diabetga qanday aloqasi bor?”

“U yerda” o‘tirgan odamlar aynan dori-darmon biznesi bilan shug‘ullanadi. Ba’zi dorilar odamga tetiklik hissini bersa, ba’zilari yana nimadir berishi mumkin… Bilmadim, hozir gap bu haqda emas. Gap O‘zbekistonda kasal odamni tovarga aylantirish tushunchasining o‘zini yo‘q qilish kerakligi haqida ketmoqda.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalariga kelsak: deputatlar tashabbus bilan chiqqach, jarimalarni oshirishning o‘zi yetarli emas. Agar “qizil retsept” to‘xtatsa va ta’sir ko‘rsatsa, demak, dorixonalarda retseptsiz umuman sotib olishning iloji bo‘lmasligi uchun antibiotiklar va umuman barcha dorilarni “qizil retsept”ga o‘tkazish kerak,” deydi deputat.

Uning qayd etishicha, dori vositalarini retseptsiz sotishni taqiqlovchi tartibning kuchaytirilishi atrofida targ‘ibot va qarshiliklar ko‘p bo‘ladi. Chunki odamlarni sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyojini daromad manbaiga aylantirib olgan ayrim “vijdonsiz vatandoshlar toifasi” uchun (xalol o‘z ishini qilayotgan farmatsevt, shifokor va tadbirkorlarimizga samimiy hurmatlar) dorixonalarda, qonuniy-noqonuniy, samarali-samarasiz farqi yo‘q, to‘siqlarsiz dori sotish imkoniyati kerak.

“Qanday dori ichish kerakligini siz emas, shifokor hal qilishi shart!” deydi partiya yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Elektron retsept” bilan beriladigan dorilar ro‘yxati qanday shakllantirilishi aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov tanqid retseptsiz dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing