Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Alisher Qodirov Energetika vazirligini tanqid qildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Energetika vazirligiga jiddiy e’tirozini bildirdi. Bu haqda u bugun, 10 fevral kuni "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z ochdi.

Partiya rasmiy sahifasida qayd etilishicha, bugun jamiyatda energetika bilan bog‘liq e’tiroz va tushunmovchiliklar shunchalik ko‘payib ketganki, ijtimoiy tarmoq orqali sohani tushungan ham, tushunmagan ham tanqid qilmoqda. Buning asosiy sababi esa Energetika vazirligining targ‘ibot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymagani bilan bog‘liq. 

Vazir Umarova haligacha Qonunchilik Palatasiga hisobotga kelmadi – Alisher Qodirov north_east

Vazir Umarova haligacha Qonunchilik Palatasiga hisobotga kelmadi – Alisher Qodirov

“Bugun elektr energiyaning 75 foizi gazni yoqish orqali ishlab chiqarilayotgani, tarmoqdagi muammolar, "yashil energetika"ni rivojlantirish borasidagi ishlar, loyihalar ko‘lami haqida odamlarga kim ma’lumot beradi?” deydi Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Alisher Qodirov tabiiy gaz qimmatli resurs ekani, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab odamlarni ish bilan ta’minlash mumkinligini bildirgandi. Deputatning “Tillaqatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi”, degan posti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi Alisher Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing