Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi
3-sahifa
−
24 iyul
4387Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan.
Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlari olib borilgan. Ota aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelgani uchun 2023 yilning avgust oyida ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan.
Biroq J.Yu. shundan so‘ng ham voyaga yetmagan farzandi uchun mablag‘ni qizg‘anib, aliment to‘lamay kelgan va qarzdorlik salkam 13 mln so‘mdan ortib ketgan. Shuningdek, yashash manziliga kelmasdan yashirinib yurgan.
Boshqarmaning olib borilgan qidiruv tadbirida aniqlanishicha, qarzdor Buloqboshi tumanida yashovchi xolasining uyida yashirincha yashab kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Belgilangan tartib bo‘yicha qidiruvdagi shaxs davlat ijrochisiga topshirilgan va byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan qarzdor J.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda aliment to‘lashdan 11 yil qochib yurgan ota buvisining uyidan topilgandi.
LiveBarchasi