Alibek Kabdurahmonov O‘zbekistonda yagona bo‘lgan teatrga rahbar bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 29 iyul kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tegishli buyrug‘iga asosan Alibek Kabdurahmonov O‘zbekistonda yagona bo‘lgan teatrga direktor etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 iyul kuni vazirlik binosida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan. Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov, vazirlik markaziy apparati vakillari hamda hududiy studiyalardan soha vakillari ishtirok etgan.

Yig‘ilish davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, teatr direktori lavozimiga tayinlangan Alibek Kabdurahmonov jamoaga tanishtirilgan.

Vazir Ozodbek Nazarbekov lavozimga tayinlangan Alibek Kabdurahmonovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o‘z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov ham lavozimga tayinlangan Alibek Kabdurahmonovni tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ozodbek Nazarbekov Alibek Kabdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing