Alibaba robototexnika uchun yangi SI modelini taqdim etdi

Texnologiya

image

Alibaba Group robototexnika uchun mo‘ljallangan RynnBrain nomli yangi sun’iy intellekt (SI) modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ishlanma kompaniyaning tadqiqot markazi – DAMO Academy tomonidan yaratilgan. Kompaniya modelni butun dunyo ishlab chiquvchilari uchun ochmoqda, ya’ni undan bepul foydalanish va uni takomillashtirish mumkin bo‘ladi.

Yangi SI modeli real dunyodagi qurilmalarni boshqaruvchi tizimlar – robotlar, sanoat uskunalari va avtonom qurilmalar uchun mo‘ljallangan. Chat-botlardan farqli ravishda, bunday modellar nafaqat matnni tushunishi, balki tasvir, makon va harakat bilan ham ishlay olishi kerak.

RynnBrain robotlarga ob’ektlarni aniqlash va keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilishda yordam beradi. Model Qwen3-VL bazasida o‘qitilgan bo‘lib, u tasvir va matnni bir vaqtning o‘zida qayta ishlash imkoniyatiga ega multimodal tizim hisoblanadi.

RynnBrain bir nechta versiyada GitHub va Hugging Face platformalariga joylashtirilgan. Bu kirish to‘sig‘ini pasaytiradi: universitetlar, startaplar va kichik integratorlar qimmat korporativ yechimlarni xarid qilmasdan turib modelni tezroq sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh assambleyasi sun’iy intellekt xavf-xatarlarini o‘rganadigan 40 kishilik mustaqil xalqaro ilmiy panelni tashkil etishni ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy intellekt robototexnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing