O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha 10 yillik shartnoma imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida quvvati 1250 MVt.ga teng issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1000 MVt.ga teng shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “ACWA Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) o‘rtasida imzolandi.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. U 10 yillik muddatga (“ol yoki to‘la” tamoyili asosida barpo etilayotgan ) “Surxon - Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi (EUL) bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) (Afg‘oniston Islom Respublikasi) o‘rtasida tuzilgan.

Elektr energiyani yetkazib berish hajmi dastlabki bosqichda 4,2 milliard kVt/s. ni tashkil etadi va kelgusida 6 milliard kVt/s. ga yetkaziladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ bilan “Air Products” kompaniyasi (AQSH) o‘rtasida Sho‘rtan GKK (GTL zavodi) tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka doir “yo‘l xaritasi“ imzolandi. Bunda Amerika kompaniyasining loyihaga kirishi ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha “Yangiyer shahrida kimyoviy kompleksni qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka oid “Yo‘l xaritasi“ imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Afg'onistonga

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing