Para Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonning medallari 120 taga yetdi

Sport

−

image

Bugun, 22 oktyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 4-kuni bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi 31 ta medalga sazovor bo‘ldi va umumiy medallari soni 120 taga yetdi.

Musobaqaning to‘rtinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari V yozgi Para Osiyo o‘yinlarida sportning 6 turi bo‘yicha bahslarga kirishdi. Para yengil atletika, para veloshosse, para og‘ir atletika, para o‘q otish, para suzish va para qilichbozlik kabi sport turlarida bellashuvlarda sportchilar jami 31 ta medal – 9 ta oltin, 11 kumush va 11 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi umumiy medallari soni 120 taga yetdi.

Ayni vaqtda musobaqada Xitoy delegatsiyasi 314 ta medal (150 ta oltin, 79 ta kumush va 85 ta bronza) bilan peshqadamlik qilmoqda. Yaponiya delegatsiyasi 136 ta medal (40 ta oltin, 46 ta kumush, 50 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa 120 ta medal (38 ta oltin, 41 ta kumush va 41 ta bronza) bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Musobaqalar joriy yilning 24 oktyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing