Aleksandr Povetkin Vladimir Klichkoga qarshi revansh jang qilmoqchi

Sport

image

Superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga qarshi revansh jang o‘tkazishni istamoqda. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

"Men 40 yoshdaman, lekin qo‘lqoplarimni mixga ilish niyatim yo‘q. Kelajakda yana ringga chiqmoqchiman. Mendan kimga qarshi revansh jang o‘tkazishimni so‘rashsa, hech ikkilanmay Vladimir Klichkoga qarshi revansh jang o‘tkazishni istayman, deb aytaman. Men bu orzuimni tashlab qo‘ymayman. Klichkodan tashqari Entoni Joshuaga qarshi jang qilishni xohlayman. Boksdagi professional faoliyatimda eng og‘ir kechgan jang, so‘zsiz bu Marko Xukka qarshi o‘tkazilgan boks jangi", deya izoh berdi Aleksandr Povetkin.

Ma’lumot o‘rnida, Povetkin va Vladimir Klichko o‘rtasida dastlabki jang 2013 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda hakamlarning qaroriga ko‘ra ukrainalik bokschi Vladimir Klichko g‘olib bo‘lgan edi. Ushbu bokschilar o‘rtasida revansh jang bo‘lib o‘tishi dargumon. Boisi Vladimir Klichko 2017 yilda boksdagi professional faoliyatini yakunlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Povetkin va britaniyalik Dillian Uayt o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang koronavirus pandemiyasi sababli 2 oy keyinga surildi.

Aleksandr Povetkin superog‘ir vazn toifasida WBA, WBC va WBO kamarlari sohibi. Povetkin ayni damda WBC rentingida 6, WBA reytingida 6, IBF reytingida 10-pog‘onada turibdi.  

Aleksandr Povetkin boksdagi professional faoliyatida 38 marotaba ringga ko‘tarilgan. O‘tkazilgan janglarning 35 tasida g‘alaba qozongan. 2 marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va 1 marotaba durang natija qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Vladimir Klichko Aleksandr Povetkin

Baholaganlar

70

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing