Otajonovdan keyin Halima, Shahlo Ahmedova va Abdulla Qurbonov ham litsenziya oldi
Madaniyat-san’at
−
16 Oktabr 2019
12745Bugun, 16 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda joriy yilning 14 oktyabr kuni litsenziyasidan mahrum etilgan xonanda Jahongir Otajonovga yana konsert-tomosha faoliyatini yuritishi uchun litsenziya taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu yig‘ilishda Otajonov qatorida boshqa san’atkor va sanoatkorlar ham litsenziyasini olgan. Jumladan, xonandalar Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova, so‘z ustasi Halima Ibragimovaga yana faoliyatini davom ettirish uchun litsenziya taqdim etilgan.
Ma’lumot o‘rnida:
• Xonanda Shahlo Ahmedovaga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2017 yil 11 iyul kuni berilgan litsenziya “Letniye dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun o‘zbek xalqi mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgani uchun 2018 yilning 13 noyabr kuni;
• So‘z ustasi Halima Ibragimovaga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan berilgan litsenziya aktrisaning ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan holatda tarqalgan videolari uchun 2019 yilning 26 fevral kuni;
• Xonanda Abdulla Qurbonovga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan berilgan litsenziya u tomonidan san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlar orqali muborak Ro‘zai Ramazon oyida keng ommaning g‘ashiga tegish hollari kuzatilgani sabab 2019 yilning 31 may kuni bekor qilingan edi.
LiveBarchasi