Alsgeymer xastaligi: unutish – dard, unutish – baxt
Salomatlik
−
16 yanvar 2020
67763Har yetti soniyada dunyoda kimdir alsgeymer kasalligiga chalinadi. Insonni aqliy qobiliyatlardan, ayniqsa, xotiradan ayiruvchi alsgeymer xastaligi nafaqat keksalar, balki ayrim yoshlarga ham xavf solmoqda. Xo‘sh, bu qanday kasallik, u kimlarda uchraydi va davolash choralari qanday?
Alsgeymer kasalligi qadimgi shifokorlar tomonidan tasvirlangan. Ammo nemis psixiatri Alois Alsgeymer nihoyat uning sabablari, davri va alomatlarini 1901 yilda aniqlay olgan. Olti yil o‘tgach, u o‘z bemorlaridan birida ushbu kasallikning kechishini batafsil o‘rganib chiqdi. O‘shandan beri bu kasallik uning nomi bilan ataladi.
Odatda bu xastalik 65 yoshdan oshgan kishilarda uchraydi. Ammo erta al’sgeymer kasalligi ham mavjud bo‘lib, xastalikning bu shakli kam uchraydi. U 2006 yilda global kasalliklar qatoridan o‘rin olib, xastalikka chalinganlar soni 26,6 millionni tashkil etdi. 2050 yilga kelib ushbu raqam 4 baravarga oshishi mumkin.
Odatda kasallik kichik alomatlar bilan boshlanib, vaqt o‘tgani sayin rivojlanib boradi. Birinchi alomatlar yakuniy tashxisdan bir necha yil oldin paydo bo‘ladi. Kasallikning ushbu boshlang‘ich deyiladi. Kasallikning boshlanishini nimalarda aks etadi? Birinchidan, bu qisqa muddatli xotiraning buzilishi va yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar. Shuningdek, diqqatni jamlash, o‘z faoliyatini rejalashtirishga qodir emaslik, mavhum va mantiqiy fikrlash bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi, ba’zi so‘zlarning ma’nosini unutish – kasallikning tashvishli signalidir.
Xastalik tashxisini qo‘yish uzoq vaqt davom etadi. Bunda birlamchi omil xastalik shikoyati bilan murojaat qilgan bemorning xatti-harakatlarini uzoq muddat kuzatishdir. Ayrim hollarda xastalik uzoq muddat o‘zini yuzaga chiqarmaydi. Aniq tashxisdan keyin o‘rtacha umr ko‘rish muddati esa yetti yil. Bemorlarning kamida 3 foizi 14 yildan ko‘proq yashaydilar.
Alsgeymer kasalligining sabablari va rivojlanishi haqida to‘liq ma’lumot hali olinmagan. Kasallikning asosiy belgilari – miya to‘qimasida amiloid plitalari va neyrofibrillar tarangligining to‘planishidir.
Zamonaviy terapiya usullari simptomlarni biroz yengillashtiradi, ammo hozirgi kunga qadar ular kasallikning rivojlanishini to‘xtatish yoki susaytirishga imkon bermaydi. Terapiyaning ko‘plab istiqbolli usullari klinik sinovlar bosqichiga yetdi, ularning soni 2008 yilda besh yuzdan oshdi, ammo ularning samaradorligi isbotini topmagan.
Alsgeymer kasalligining oldini olishning ko‘plab usullari mavjud, ammo ularning kasallikka ta’siri qayd etilmagan. Kasallikning oldini olish uchun ham, uni nazorat qilish uchun ham jismoniy mashqlar qilish, fikrlashni rag‘batlantirish va sog‘lom ovqatlanishga rioya qilish tavsiya etiladi.