“Al-Nasr” ustozi iste’foga chiqarildi
Sport
−
18 Sentabr
2304Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bosh murabbiyi Luish Kashtru lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Jamoadagi har bir kishi Luish va uning xodimlariga so‘nggi 14 oy davomida fidokorona mehnat qilganliklari uchun minnatdorlik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi”, deyiladi klub xabarida.
Kashtru Riyod klubiga 63 o‘yinda murabbiylik qildi. Bu o‘yinlarda “Al-Nasr” 44 ta g‘alaba, 12 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Qayd etish joiz, portugaliyalik 63 yoshli mutaxassis 28 yillik faoliyati davomida hech qachon klub tomonidan ishdan bo‘shatilmagandi. Bungacha u doim o‘z xohishi bilan murabbiylik postlarini tark etgan.
Hozirda “Al-Nasr” ustozi bo‘lish uchun asosiy nomzod italiyalik sobiq “Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi