“Al-Nasr” taniqli ispaniyalik futbolchiga mo‘may maosh taklif qilmoqchi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi Krishtianu Ronaldu transferidan so‘ng, Yevropada to‘p tepadigan boshqa futbolchilar bilan ham o‘z safini kuchaytirmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Riyod klubi “Barselona” a’zosi Serxio Busketsga ham taklif bilan chiqmoqchi. “Al-Nasr” Busketsni yozda erkin agentga aylanishini kutish niyatida. Klub futbolchiga 13 million yevro maosh taklif qilmoqchi. Shuningdek, saudiyaliklar Serxio Ramos, Eden Azar, N'Golo Kante va Marko Roysga ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Buskets “Barselona” safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Buskets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing