“Al-Nasr” Ronalduni e’zozlashda davom etadi

Sport

image

3 dekabr kuni "Al-Nasr" futbolchisi sifatida tanishtirilgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida ko‘pgina imtiyozlarga ega bo‘ladi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu 90 million dollarlik maosh va homiylik daromadlaridan tashqari yana ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘ladi. 

Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnomada Ronaldu Ar-Riyodda hashamatli uyga ega bo‘lishi, uning Portugaliya va Ispaniyaga parvozlari uchun maxsus samolyot ajratilishi, shuningdek, Ronaldu oilasining barcha ehtiyojlariga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha bandlar keltirilgan.

Avvalroq, Ronaldu o‘z xohishiga ko‘ra klub murabbiyini almashtirish vakolatiga ega ekanligi haqida ma’lumot berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, agarda Angliyaning "Nyukasl" klubi Yevropa Chempionlar ligasiga chiqishni uddalay olsa, Ronaldu o‘z xohishiga ko‘ra Saudiya klubidan APL klubiga o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

2

Reyting

2.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing