“Al-Nasr”ning qarzi 187 million yevrodan oshdi

Sport

image

Saudiya Arabistoni chempionatining amaldagi chempioni “Al-Nasr” futbol klubining qarzi 800 million rialdan (187 million yevrodan ortiq) oshgan. Bu haqda “Arriyadiyah” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, klub egasi hisoblangan Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) moliyaviy inqirozni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Shu bilan birga, “Al-Nasr”ni sotib olish bo‘yicha kelib tushgan ikki taklif ham ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, “Al-Nasr”ning moliyaviy muammolari haqida ham xabar berilgan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, jamoaning bir nechta futbolchilari iyun oyi uchun belgilangan maoshlarini to‘liq olmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Al-Nasr” 2019 yildan beri ilk bor Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa safida besh karra “Oltin to‘p” sohibi va futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri Krishtianu Ronaldu to‘p surmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing