“Al-Nasr”ga yangi murabbiy tayinlandi
Sport
−
18 Sentabr
3528“Milan” klubining sobiq ustozi italiyalik Stefano Pioli Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi ustoziga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2 yilga mo‘ljallangan. 2026 yilgacha imzolangan shartnoma keyinchalik o‘zaro kelishuvga ko‘ra yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin.
58 yoshli Piolining oxirgi ish joyi “Milan” klubi bo‘lib kelayotgandi. U “rossonerilar” safida 5 yillik faoliyati davomida jamoaga jami 240 ta o‘yinda murabbiylik qildi. “Qizil-qoralar” Pioli bilan birgalikda Italiya A Seriyasida g‘olib bo‘ldi va Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib bordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik mutaxassis Luish Kashtru “Al-Nasr”dan iste’foga chiqarilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi