“Al-Qoida” jangarilari o‘z yetakchilaridan birini qatl qildi

Olam

image

“Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining Sudandagi bo‘limi o‘z yetakchilaridan birini qatl qildi. Bu haqda “Al-Sudaniy” gazetasi xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, jangarilar o‘z yetakchilaridan biri — “Abu Turob as-Sudaniy” laqabli Rashad Qureyshi Usmonni qatl qilgan. 

Qayd etilishicha, u davlatga xiyonat qilish, dushman davlatlar bilan hamkorlik qilish va tashkilot sirlarini oshkor qilishda ayblangan. Jabrlanuvchi, shuningdek, 2015 yilda AQSH havo hujumida o‘ldirilgan “Al-Qoida” yetakchisining Yamandagi yashiringan joyini fosh qilganlikda ham ayblangan. 

Bir qator OAV xabarlariga ko‘ra, Rashad Qureyshi Usmon Afg‘oniston, Yaman va Somalida jang qilgan. Sudanda u guruh safiga yangi jangarilarni jalb qilish bilan shug‘ullangan.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Qoida

Baholaganlar

1093

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing