Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Olam
−
27 Oktabr 2019
11509Avvalroq, AQSH Suriyada o‘tkazgan maxsus operatsiya natijasida ISHID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilingani haqida xabar bergan edik.
AQSHga ISHID yetakchisi al-Bag‘dodiyning yerini aniqlashda Iroq razvedkasi yordam ko‘rsatgan. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, AQSH harbiylari Suriyaning Idlib viloyati Barisha qishlog‘ida maxsus operatsiya o‘tkazgan. Unda 10 kishi halok bo‘lgan. Shular orasida. Al-Bag‘dodiy va uning ikki turmush o‘rtog‘i ham borligi taxmin qilinyapti. Operatsiya 1,5 soat davom etgan.
Shuningdek, Turkiya Mudofaa vazirligi ham operatsiyada Pentagon bilan bilan birga axborot almashib turganini ma’lum qildi. Turkiya Mudofaa idorasining ta’kidlashicha, ikki davlat operatsiya boshlanishidan avval harakatlarini muvofiqlashtirib olishgan.
Yuqori martabali turk amaldori ISHID yetakchisi maxsus operatsiya o‘tkazilgan joyga amaliyot boshlanishidan 48 soat avval kelganini ma’lum qildi.
ISHID yetakchisining yo‘q qilingani haqida xabar hozircha faqatgina OAVda tarqatildi. AQSH Hukumati bu ma’lumotni rasman tasdiqlamadi. Ammo Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida juda muhim voqea sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Abu Bakr al-Bag‘dodiy 2014 yilda ISHID tashkil topgandan beri uni boshqarib kelardi. Oxirgi yillarda OAVda ISHID yetakchisi yo‘q qilingani haqida bir necha marta xabarlar tarqalgan, biroq tasdiqlanmagan.
LiveBarchasi