“Al-Hilol” jahon rekordini yangilashda davom etmoqda

Sport

image

Saudiya Arabistoni Superkubogining “Al-Hilol” va “Al-Nasr” jamoalari to‘qnash kelgan yarim final uchrashuvi yakuniga yetdi. Jamoalar BAAning Abu-Dabi shahridagi “Muhammad Bin Zayid” stadionida o‘zaro bahs olib bordi.

9 aprelga o‘tark kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlangan bahs yakunida “Al-Hilol” 2:1 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, “Al-Hilol” futbolchilari barcha turnirlar o‘yinlarini inobatga olgan holda jahon futbolidagi rekord g‘alabali seriyasini 33 ta uchrashuvga yetkazdi. Jamoa oxirgi marta 2023 yilning iyulida mag‘lubiyatga uchragan.

“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni futbol chempionatida 27 uchrashuvda 77 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda. Superkubok finalida “Al-Hilol” “Al-Ittihod” bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Hilol Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing