“Al-Hilol” yana bir PSJ a’zosini sotib olishi mumkin
Sport
−
16 avgust 2023
3203Fransiyaning PSJ klubi darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Qayd etlishicha, 36 yoshli kosta-rikalik darvozabon Keylor Navas ham Neymarning ortidan “Al-Hilol”ga yo‘l olishi mumkin. Parijliklar ham darvozabonni sotishga tayyor.
Navas o‘tgan mavsumni Angliyaning “Nottingem Forest” klubida ijara asosida o‘tkazdi. Hozirda u fransuz grandi safida Janluiji Donnarumma va Arnau Tenasdan keyin uchinchi darvozabon maqomida qolmoqda.
Klub rahbariyati boshqa ijara o‘yinchilari kabi uni ham sotishdan manfaatdorligini bildirgan. Navasning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi.
Shuningdek, “Al-Hilol” ayni damda PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattiga ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi braziliyalik futbolchi Neymarni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, mazkur transfer shartlari ichida futbolchiga mamlakat hududida nikohsiz yashash imkoni ham taqdim etilgani aytilgandi.