“Al-Hilol” Jezushni lavozimidan chetlatdi
Sport
−
02 may 2025 4753 1 daqiqa
Portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezush “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda Saudiya OAVlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Ar-Riyod klubi Elit OCHL yarim finalida “Al Ahli”dan 3:1 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng portugaliyalik 70 yoshli mutaxassisni ishdan bo‘shatishga qaror qildi.
Qayd etish joiz, “Al-Hilol”ning Saudiya chempionatida g‘olib bo‘lishi ham qiyin. Jamoa liga yakuniga 5 ta tur qolganida peshqadam “Al-Ittihod”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Jezush riyodliklarni mamlakat chempioniga aylantirgandi. Shuningdek, jamoa uning qo‘l ostida qirol kubogini va 3 bor mamlakat superkubogini yutdi.
Jezush ayni vaqtga kelib, Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlardan sanaladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025