“Al-Hilol”ning bir qator yulduzlari “Paxtakor”ga qarshi o‘ynamaydi

Sport

image

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Sergey Milinkovich-Savich va Al Bulayhi kabi futbolchilaridan foydalana olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmat xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikkala futbolchi ham “sherlar”ga qarshi Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat orttirgan va shuning uchun bo‘lajak bahsda qatnasha olmaydi. Bulayhi sonidagi jarohati oqibatida 4-6 hafta, Savich esa 3 haftagacha maydonga tusha olmaydi.

Shuningdek, Joau Kanselu, Hasan Tambakti va Renan Lodi kabi futbolchilar ham bahsni o‘tkazib yuboradi.

Qayd etish joiz, Toshkentda o‘tkazilgan tomonlar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda “sherlar”ning braziliyalik legioneri Flamarion tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga “Paxtakor” g‘alabani tantana qilgandi.

Ma’lumot uchun, “Al-Hilol” va “Paxtakor” o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 12 martga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Al-Hilol Sergey Milinkovich-Savich Al Bulayhi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing