Akvariumda baliq ovi, shifokorlar bilan raqs - karantindagi xitoyliklar vaqtni qanday “o‘ldirmoqda”?

Olam

image
Koronavirusning navbatdagi “o‘ljasi” -  Monako va Islandiya north_east

Koronavirusning navbatdagi “o‘ljasi” -  Monako va Islandiya

Koronavirus tufayli karantinda qolgan o‘n millionlab xitoylik vaqtlarini sarflashning noodatiy usullarini o‘ylab topishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda epidemiya tarqalgan hududlar aholisi o‘z mehmonxonalaridagi akvariumda baliq ovlashlari, sport bilan shug‘ullanishlari va qo‘shnilar bilan raqs musobaqasi o‘tkazayotgani aks etgan videoroliklar paydo bo‘ldi. 

“Ayni paytda 220 million xitoylik karantinda qolmoqda yoki yashash joylarini tark eta olmayapti. Savol tug‘iladi: ular ko‘chaga chiqmay, o‘z vaqtlarini nimalarga sarflamoqda?”, deb yozadi “Le Figaro” gazetasi.

Vaziyatning murakkablashishi, o‘z navbatida, aholining aql bovar qilmas ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqardi, deb yozadi gazeta. Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida odamlarning nimalar bilan shug‘ullanayotgani aks etgan turli videolar paydo bo‘lmoqda. Ularda o‘z akvariumida baliq ovlayotgan erkakni, shifokorlar bilan raqs tushayotgan bemorni, shvabra va kastryul yordamida kyorling o‘ynayotgan ayolni ko‘rish mumkin.     

Boshqa odamlar esa vaqtlarini oddiy usul bilan “o‘ldirmoqda” – ular sport bilan shug‘ullanishyapti. Aynan bu tanlovni professional marafon yuguruvchisi Pan Shanku tomonidan tanlangan. U 6 soat 41 minut ichida o‘z kvartirasida aylana bo‘ylab 66 km.ga yugurib chiqdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 85 184 nafarga yetdi. Shulardan 2 924 kishi vafot etdi. 39 399 kishi undan shifo topdi. Ayni paytda Xitoyda – 79251 nafar, Janubiy Koreyaada – 2931, Italiyada – 889, Diamond Princess laynerida – 705, Eronda – 388, Yaponiyada – 234 nafar koronavirusga chalingan bemor bor.

Ushbu kasallik jahonning Singapur, Gonkong, AQSH, Fransiya, Germaniya, Quvayt, Tailand, Bahrayn, Tayvan, Ispaniya, Avstraliya, Malayziya, Buyuk Britaniya, BAA, Vetnam, Kanada, Shvetsiya, Makao, Iroq, Shveysariya, Isroil, Ummon, Avstriya, Norvegiya, Xorvatiya, Livan, Gretsiya, Finlyandiya, Filippin, Hindiston, Ruminiya, Rossiya, Pokiston, Daniya, Niderlandiya, Meksika, Nepal, Kamboja, Shri-Lanka, Belgiya, Misr, Afg‘oniston, Jazoir, Braziliya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya, Estoniya, San-Marino, Nigeriya, Litva, Yangi Zelandiya, Belarus, Ozarboyjon, Islandiya va Monako kabi davlatlarida aniqlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing