Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘ladigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. 

Festivalda folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan. 

Festival 10 aprelgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Shavkat Mirziyoev baxchilik festivali

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing